Tramp Rossiya va Ukraina urushida Baydenni aybladi

Dunyo

Donald Tramp o‘zining Truth ijtimoiy tarmog‘ida Bayden emas, balki o'zi Prezident bo‘lganida Rossiya va Ukraina urushi boshlanmagan bo’lishini aytdi. Shuningdek u, Rossiyaning NATO kengayishi va Ukrainani alyansga qabul qilish borasidagi xavotirlarini tushunishi haqida yozdi.

Tramp Rossiya va Ukraina urushida Baydenni aybladi
"Muammo shundaki, Rossiya, Putin davridan ancha oldin, NATO Ukrainada bo‘lmasligi kerakligini ko‘p yillar davomida aytib kelgan. Bu, xuddi, toshga o‘yib yozilgandek edi. Ammo qandaydir jarayonda Bayden: yo‘q, ular NATOga qo‘shilish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak, dedi. Rossiya uchun esa kimningdir ularning eshigi oldida bo‘lishi — bu ularning hissiyotlarini tushunish mumkin," dedi Tramp.

Uning fikriga ko‘ra, agar Bayden emas, balki o'zi Prezident bo‘lganida, urush boshlanmagan bo‘lar edi. Tramp o‘z inauguratsiyasidan keyin Vladimir Putin bilan uchrashishni rejalashtirayotganini aytdi va olti oy yoki undan kamroq vaqt ichida sulhga erishish mumkinligiga ishonishini bildirdi.

Avvalroq u urushni 24 soatda to‘xtatishni va’da bergani haqida hech narsa deyilmadi. Hozircha Ukraina rasmiylari Trampning bu bayonotlariga izoh bermagan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing