Tramp Rossiya va Xitoyga neft yetkazib berishga tayyorligini bildirdi

Dunyo

AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington Rossiya va Xitoyga neft sotishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida normal munosabatlar shakllanmoqda va AQSh xomashyo bo‘yicha istalgan hajmdagi ehtiyojni qondira oladi.

Tramp Rossiya va Xitoyga neft yetkazib berishga tayyorligini bildirdi
Tramp Xitoy AQShdan istagancha neft sotib olishi mumkinligini ta’kidladi — bu neft AQShning o‘zidan yoki Venesueladan yetkazib berilishi mumkin. Uning aytishicha, Rossiya ham AQShdan zarur bo‘lgan barcha hajmdagi neftni olishi mumkin.

AQSh prezidenti energiya sohasidagi hamkorlik pragmatik yondashuv asosida ko‘rib chiqilayotganini qayd etdi. «Biz biznes uchun ochiqmiz», — dedi Tramp va AQSh global bozorlarga yirik hajmda neft yetkazib berish imkoniyatiga ega ekanini ta’kidladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing