Tramp: Ukraina hech qachon NATOga a’zo bo‘lmaydi
Dunyo
AQSh prezidenti Donald Tramp jurnalistlar bilan ushrashuvda shunday dedi, "Zelenskiy NATO a’zosi bo‘lishni xohlaydi, lekin u hech qachon NATOga a’zo bo‘lmaydi. U buni tushunadi".
AQSh prezidenti jurnalistlar bilan suhbat davomida Putin Trampga bergan va’dasini bajarishiga ishonishini aytdi. "Men uning ishni oxirigacha yetkazishiga amin bo‘lishni istayman. Menimcha, u menga aytganlarini bajaradi va menimcha, endi u kelishuvning o‘z qismiga rioya qiladi", – dedi Tramp dushanba, 31-mart kuni Oq uyda jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida.
Shu bilan birga, Tramp zarur bo‘lsa, Rossiyaga nisbatan iqtisodiy bosimni oshirishga tayyorligini bildirdi: "Men uning (Vladimir Putin) neftiga ikkilamchi boj solmoqchi emasman. Lekin, agar u vazifasini bajarmayapti deb hisoblasam, buni qilgan bo‘lar edim".
Bundan tashqari, AQSh rahbari Kiyev bilan foydali qazilmalarni qazib olish bo‘yicha kelishuv haqida ham fikr bildirdi. Oldinroq u Ukrainа Prezidenti Vladimir Zelenskiyni ushbu kelishuvni buzishga urinishda ayblagan edi.
"Men u (Ukraina) bilan hali gaplashganim yo‘q, lekin siz (jurnalistlar) orqali eshitdimki, ular endi shunday deyishyapti: "Men bu kelishuvga faqat NATOga a’zo bo‘lsak yoki shunga o‘xshash narsa bo‘lsa kiraman". Avvalo, bu hech qachon muhokama qilinmagan. Uzoq vaqt oldin, Putin kelishuvdan oldin, ular (Rossiya) siz NATOga a’zo bo‘lmaysiz, deb aytgan", – dedi Tramp.
Xuddi shu kuni Tramp matbuot bilan suhbat chog‘ida Zelenskiyni AQSh va Kiyev o‘rtasidagi nodir metallar bo‘yicha kelishuvdan chiqmoqchi bo‘lishda aybladi.
"Agar u bu kelishuvdan chiqmoqchi bo‘lsa, katta, juda katta muammolarga duch keladi", – deya Reuters agentligi Trampning so‘zlarini keltirdi.
AQSh Prezidenti qo‘shimcha qildi: "Zelenskiy NATO a’zosi bo‘lishni xohlaydi, lekin u hech qachon NATOga a’zo bo‘lmaydi. U buni tushunadi".

Powered by Froala Editor