Tramp Ukrainadagi ziddiyatni hal qilish muddatini qisqartirdi
Dunyo
AQSH prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi mojaroni hal qilish uchun Rossiyaga berilgan ultimatum muddati 10-12 kungacha qisqartirilganini aytdi. U yaqin bir sutka ichida yakuniy qarorga kelishga va’da berib, 50 kun kutish befoyda ekanini ta’kidladi.
AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiyaga Ukrainadagi mojaroni hal qilishda muvaffaqiyatga erishish uchun berilgan muddatni keskin qisqartirdi. Ilgari e’lon qilingan 50 kun o‘rniga Moskva endi 10-12 kun ichida aniq qadamlarni ko‘rsatishi kerak. Bu haqda Oq uy rahbari Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer bilan muzokaralardan so‘ng Shotlandiyada jurnalistlarga ma’lum qildi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, uning qarori Rossiya tomonidan hech qanday harakat yo‘qligi bilan bog‘liq: "50 kun kutishdan ma’no yo‘q. Men olijanob bo‘lishni istardim, lekin taraqqiyot yo‘q." Uning ta’kidlashicha, u muddatlar haqida bugun yoki ertaga aniq qaror qabul qiladi, deb yozadi The Telegraph.
Avvalroq, 14 iyul kuni Tramp Ukrainadagi vaziyat o‘zgarishni boshlamasa, Rossiya tovarlari va hamkor davlatlar mahsulotlariga qo‘shimcha 100 foizlik bojlar joriy etish bilan tahdid qilgandi. Biroq 27-iyul kuni AQSH davlat kotibi Marko Rubio prezident "sabrini yo‘qotayotganini" va tobora kamroq kutishga tayyorligini aytdi.

Powered by Froala Editor