Tramp Ukrainani prezidentlik saylovi o‘tkazishga chaqirdi
Dunyo
AQSH prezidenti Donald Tramp Ukraina harbiy holatga qaramay, saylovlar o‘tkazishi kerakligini aytdi. Shuningdek, u Kiyev Vashington tomonidan taqdim etilgan moliyaviy va harbiy yordamni qanday sarflayotganidan xavotir bildirdi.
AQSH prezidenti Donald Tramp Ukrainani saylov o‘tkazishga chaqirib, Vladimir Zelenskiy 2019 yilda saylangani va uning aholi orasidagi qo‘llab-quvvatlashi sezilarli darajada pasayganini aytdi. Bu haqda New York Post xabar berdi.
Ukrainada prezidentlik saylovlari 2024-yil aprel oyida bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq harbiy holat tufayli bekor qilindi. Avvalroq Zelenskiy mojaro avj olgan paytda ovoz berish mamlakatda siyosiy kelishmovchiliklarga olib kelishi mumkinligini aytgandi.
Tramp, shuningdek, Amerikaning Ukrainaga yordami to‘g‘ri yo‘naltirilishiga shubhalanayotganini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH yuzlab milliard dollar ajratgan, biroq bu mablag‘lar qanday sarflanayotgani haqida batafsil hisobot olmagan.
"Bu pullar qayerga ketyapti? Men ular haqidagi hisobotni hech qachon ko‘rmaganman," deb aytdi Tramp.
Qayd etilishicha, yaqinda Vladimir Putin bilan bo‘lib o‘tgan telefon suhbatidan so‘ng Trampning Ukrainaga nisbatan pozitsiyasi o‘zgargan. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH bu mojaroni boshlamagan, ammo ertami-kechmi tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha muloqot bo‘lishi kerak.

Powered by Froala Editor