Tramp va Zelenskiy Floridada uchrashadi

Dunyo

AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy yakshanba kuni Floridada uchrashadi — bu uchrashuv Ukraina bo‘yicha tinchlik rejasi muhokamalari fonida bo‘lib o‘tadi.

Tramp va Zelenskiy Floridada uchrashadi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp yakshanba kuni Floridadagi Mar-a-Lago qarorgohida shaxsiy uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda Axios muxbiri Barak Ravid yuqori martabali ukrainalik amaldorga tayanib xabar berdi. Ma’lumotni Kyiv Post ham tasdiqladi.

Avvalroq Zelenskiy Tramp bilan uchrashuv “yaqin vaqt ichida” bo‘lishini aytgan, biroq tafsilotlarni ochiqlamagan edi.

Uchrashuv AQSh va Ukraina tomonidan muhokama qilinayotgan tinchlik rejasi fonida o‘tadi. 24-dekabr kuni Zelenskiy ushbu hujjat 20 banddan iborat ekanini ma’lum qildi. Bloomberg va The New York Times ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya kelishuvning hozirgi variantidan norozi va uni rad etishi ehtimoli yuqori.

Tahlilchilarga ko‘ra, ushbu muzokaralar Amerika–Ukraina aloqalarining kelgusi yo‘nalishi va tinchlik tashabbusining taqdiriga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing