Tramp vakili kelishi chog'ida Moskvada portlash yuz berdi
Dunyo
2025-yil 25-aprel Juma, Moskva yaqinida mashina portlashi natijasida Rossiya harbiy rahbarlaridan biri halok bo‘ldi. Bu voqea Vladimir Putin va Donald Trampning maxsus vakili Stiv Vitkoff uchrashuvidan bir necha soat oldin sodir bo‘ldi. Ushbu terakt Ukraina tomonidan uyushtirilgan deb gumon qilinyapti.
Rossiya rasmiylari halok bo‘lgan shaxsni Qurolli Kuchlar Bosh shtabining Asosiy operatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari general-leytenant Yaroslav Moskalik deb e’lon qildi.
Rossiya Tergov qo‘mitasi, portlash qo‘lbola portlovchi moslama yordamida sodir bo‘lganini va u ichiga shrapnellar (mayda po‘lat bo‘laklar) joylashtirilganini ma’lum qildi. Bu bo‘yicha ish qo‘zg‘atilganini bildirildi.
Moskva viloyatidagi Balashixa shahrida mahalliy harbiy ofitser yurib o‘tayotganida, to‘xtab turgan avtomobilda o‘rnatilgan bomba masofadan portlatilgan.
Ukraina tomonidan amalga oshirilgani taxmin qilinayotgan bu operatsiya Tramp ma’muriyati uchun yoqimsiz bo‘lishi mumkin. Chunki Tramp o‘z prezidentligining 100-kuniga qadar tinchlik yo‘lida aniq yutuqlar ko‘rsatishni istamoqda.
Eslatib o'tamiz, o‘tgan yil dekabrda Ukraina xavfsizlik xizmatlari yana bir rossiyalik yuqori martabali generallarni nishonga oldi — u elektr skuter ichiga yashirilgan portlovchi moslama natijasida Moskva ko‘p qavatli uy oldida halok bo‘ldi.
O‘shanda Donald Tramp tomonidan Ukraina va Rossiya bo‘yicha maxsus vakil etib tayinlangan Kit Kellogg general-leytenant Igor Kirillovning o‘ldirilishini «urush qonunlariga zid bo‘lishi mumkin» deb tanqid qilgan edi.

Powered by Froala Editor