Tramp Venesuelada yaqin bir oyda saylov bo‘lmasligini aytdi
Dunyo
AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuelada yaqin 30 kun ichida saylov o‘tkazish imkonsiz ekanini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, avvalo mamlakatda tartib o‘rnatilishi kerak.
AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuelada kelgusi 30 kun ichida saylovlar o‘tkazilmasligini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, hozirgi sharoitda saylov jarayoni mumkin emas.
«Avvalo mamlakatda tartib o‘rnatishimiz kerak. Saylovlar hozircha mumkin emas. Bunga vaqt kerak», — dedi Tramp NBC telekanaliga bergan intervyusida. U saylovlar qachon o‘tkazilishi mumkinligini aniqlashtirmadi.
Shuningdek, Tramp AQSh Venesuela bilan urush holatida emasligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatning vaqtincha prezidenti Delsi Rodriges Vashington bilan hamkorlik qilmoqda.
Bundan tashqari, Tramp ommaviy axborot vositalarida tarqalgan, u Venesuela muxolifati yetakchisi Mariya Korina Machado’ni qo‘llab-quvvatlamagani haqidagi xabarlarga izoh berdi.
«U g‘olib bo‘lmasligi kerak edi. Ammo bu mening qarorimga hech qanday ta’sir ko‘rsatmagan», — dedi AQSh prezidenti.

Powered by Froala Editor