Tramp Xitoy bilan savdo shartnomasini imzolashini ma’lum qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp Xitoy bilan savdo shartnomasi imzolanganini ma’lum qildi va Hindiston bilan "juda yirik bitim" tuzish mumkinligiga ishonch bildirdi. Bu haqda Oq uy rahbari Vashingtondagi iqtisodiy tadbirda so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.

Tramp Xitoy bilan savdo shartnomasini imzolashini ma’lum qildi
Uning so‘zlariga ko‘ra, moliya vaziri Skott Bessent, savdo vaziri Xovard Latnik va savdo vakili Jeymison Grir turli davlatlar bilan shartnomalar tuzib, "ish vaqtidan tashqari ishlaydi."

"Hamma biz bilan bitim tuzmoqchi," - dedi Tramp. - Bir necha oy oldin OAV kimningdir umuman qiziqish bildirayotganiga shubha qilgandi. Kecha Xitoy bilan shartnoma imzoladik.

Prezident barcha takliflar ham qabul qilinmasligini ta’kidladi: "Biz hamma bilan ham bitim tuzmaymiz. Kimgadir shunchaki xat yuboramiz: "Katta rahmat, lekin siz 25, 35 yoki 45 foiz boj to‘laysiz."

Shuningdek, u Xitoy bilan erishilgan kelishuv doirasida tomonlar o‘zaro "bozorlarni ochish"ni boshlayotganini ma’lum qildi va Hindiston bilan kelishuv tuzilishini istisno qilmadi: "Biz Hindistonni ochamiz. Hozir ilgari imkonsiz bo‘lgan narsalar sodir bo‘lmoqda. Bizning barcha mamlakatlar bilan munosabatlarimiz a’lo darajada."

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, AQSH joriy qilgan bojlar allaqachon iqtisodiy samara bermoqda. Xususan, Texas Instruments kompaniyasi AQShda zavodlar qurilishiga 60 milliard dollar sarmoya kiritmoqchi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing