Tramp Xitoyga 104 foizli bojlar bilan tahdid qildi
Siyosat
AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoyga yangi, og‘ir savdo bojlarini joriy etish bilan tahdid qildi. Agar Pekin 8-aprelga qadar o‘zining 34 foizli bojlarini bekor qilmasa, 9-apreldan boshlab Xitoydan import qilinadigan mahsulotlarga 50 foizli bojlar qo‘llanadi, deb xabar berdi Tramp. Bu holda Xitoydan import qilinadigan mahsulotlarga qo‘yiladigan umumiy boj stavkasi 104 foizni tashkil qiladi.
Ushbu xabarni Tramp 7-aprel, dushanba kuni Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qildi va shuningdek, Xitoy bilan bojlar bo‘yicha muzokaralar davom ettirilmasligini ta’kidladi. Ammo boshqa davlatlar bilan bojxona siyosati bo‘yicha muzokaralar tez orada boshlanishi kerak, dedi u. Tramp bu davlatlar haqida aniq ma’lumot bermadi.
Bir necha kun oldin, AQSh prezidenti Xitoydan import qilinadigan mahsulotlarga yangi bojlar kiritilishi haqida e’lon qilgan edi: 34 foizli boj 9-aprel kuni kuchga kiradi. Bunga javoban, Pekin ham o‘z navbatida AQSh mahsulotlariga shu o‘lchamdagi bojlarni joriy qilishini ma’lum qildi.
Hozirda AQShda Xitoy mahsulotlariga 20 foizli boj mavjud. Shunday qilib, agar Tramp o‘z tahdidini amalga oshirsa va 50 foizli bojlarni kiritgan bo‘lsa, umumiy boj stavkasi 104 foizni tashkil etadi.
Trampning Xitoy va boshqa ko‘plab davlatlar bilan import bo‘yicha yangi bojlar kiritish qarori butun dunyoda siyosatchilar va iqtisodchilarning keskin tanqidlari va fond bozorlarining sezilarli pasayishi bilan qarshi olindi.
Shuningdek, neft narxlari keskin pasaygan. Barcha dunyoda iste’mol narxlarining oshishi va iqtisodiy o‘sishning sekinlashishi kutilmoqda. dpa agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Trampning yangi savdo bojlarini joriy etish qarori uning savdo siyosatidagi eng agressiv va eng katta oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan qadamdir.

Powered by Froala Editor