Tramp Zelenskiyda ta’sir vositalari yo‘qligini aytdi

Dunyo

AQSh prezidenti Donald Tramp The New York Times nashriga bergan intervyusida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyda real ta’sir vositalari yo‘qligini yana bir bor ta’kidladi. U bir yil avval Oq uyda yuz bergan kelishmovchilik chog‘ida aytilgan fikrini takrorladi.

Tramp Zelenskiyda ta’sir vositalari yo‘qligini aytdi
Suhbat davomida Trampga o‘sha bayonoti eslatilganda, u Zelenskiyning pozitsiyasi boshidan beri o‘zgarmaganini aytdi.
«Bu rost. Uning qo‘lida kozыр yo‘q. Eng birinchi kundan boshlab ham yo‘q edi», — dedi AQSh rahbari.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, hozir ham vaziyat o‘sha-o‘sha: Kiyevning o‘zida jarayonlarga ta’sir ko‘rsatadigan imkoniyatlar yo‘q va yagona hal qiluvchi omil — Donald Trampning o‘zi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing