Trampning advokati uning sud jarayonini 2029-yilgacha kechiktirishga chaqirmoqda

Dunyo

AQSh sobiq prezidenti Donald Trampning advokati Stiv Sadouning aytishicha, sobiq rahbarning Jorjiyadagi saylovlarga aralashgani boʻyicha sud jarayoni kamida 2029-yilgacha kechiktirilishi kerak. Bu haqda “Politico” ma’lum qildi.

Trampning advokati uning sud jarayonini 2029-yilgacha kechiktirishga chaqirmoqda
Sadouga ko‘ra, agar Tramp 2024-yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, bunday qaror qabul qilinishi kerak.

“Konstitutsiyaning ustunligi va uning AQSh prezidenti sifatidagi mas’uliyatini inobatga olgan holda, bu sud jarayoni uning vakolat muddati tugamaguncha umuman davom etmaydi”, dedi advokat.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing