Trampning inauguratsiyasidan so‘ng, Putin va Si o'zaro hamkorlikni tasdiqlashdi
Dunyo
AQSh prezidenti Donald Trampning inauguratsiyasi marosimidagi Xitoyga nisbatan tahdididan so'ng, Xitoy va Rossiya yetakchilari Si Szinpin va Vladimir Putin yaqindan hamkor ekanliklarini rasman tasdiqlashdi.
Seshanba, 21-yanvar kuni videokonferensiya orqali o‘tkazilgan suhbatda Putin xitoylik hamkasbini "ishonchli hamkor" deb atagan. Shuningdek, u ashqi bosimlarga qaramasdan do‘stlik, o‘zaro ishonch va qo‘llab-quvvatlash asosida hamkorlikni kengaytirish niyatida ekanini bildirgan. Bu haqida Xitoyning davlat telekanali CCTV xabar berdi.
O‘z navbatida, Xitoy rahbari Putinni "eng yaxshi do‘sti" deb atagan va Moskva bilan munosabatlar joriy yilda "yangi yuksakliklarga" erishishi kerakligini ma'lum qilgan. "Har ikki tomon strategik muvofiqlikni chuqurlashtirish, bir-birini qat’iy qo‘llab-quvvatlash va ikki davlatning qonuniy manfaatlarini himoya qilishda davom etishi kerak", dedi Si Szinpin.
Bir kun oldin, Tramp inauguratsiya nutqida Xitoyni yuqori bojxona to‘lovlari bilan qo‘rqitgan va Ukraina urushi to‘xtatilishi uchun yechim topilmasa, Rossiyani "katta muammolar" kutib turishini ogohlantirgan edi.
Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishidan beri Rossiya va Xitoy harbiy va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlab kelmoqda. Shunga qaramay, Pekin Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini hech qachon qoralamagan, biroq bu masalada rasmiy ravishda neytral pozitsiyada ekanini bildirgan.

Powered by Froala Editor