Turkiy davlatlar tashkiloti yetakchilari Bishkekda yig‘iladi
Siyosat
Joriy yil 6 noyabr kuni, Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda Turkiy davlatlar tashkilotining 11-sammiti bo‘lib o‘tishi haqida Qirg‘iziston Prezidenti Administratsiyasi tashqi siyosat bo‘limi boshlig‘i Muratbek Azimbakiyev ma’lum qildi.
TDT sammitida tashkilotga a’zo besh davlat – Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston rahbarlari, hamda tashkilotning kuzatuvchi-mamlakatlari rahbarlari ishtirok etadi. Sammitning mavzusi “Turk dunyosini mustahkamlash: iqtisodiy integratsiya, barqaror rivojlanish, raqamli kelajak va barcha uchun xavfsizlik”.
Sammit yakunlari bo‘yicha Turkiy davlatlar tashkilotiga 2025 yilgi raislik Qirg‘izistonga o‘tishi kutilmoqda. Qayd etilishicha, Qirg‘izistonning tashkilotga bo‘lajak raisligi davomida a’zo davlatlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, mintaqada iqtisodiy o‘sish uchun yangi imkoniyatlar yaratish va turmush darajasini oshirishga qaratilgan qator tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Powered by Froala Editor