Turkiy davlatlar TÜRKPOL va Shengen analogini yaratishni muhokama qilmoqda
Dunyo
Turkiya Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) mamlakatlarining transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha qo‘shma huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmasi — TÜRKPOLni tashkil etishni taklif qildi. Tashabbusni O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Ozarbayjon qo‘llab-quvvatladi. Shu bilan birga, fuqarolarning safarlarini soddalashtirish, jumladan, Shengen tizimiga o‘xshash mexanizm yaratish masalasi ham muhokama qilinmoqda.
Ostonada TDTga a’zo davlatlar ichki ishlar vazirlarining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yakunida tomonlar transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha kommuniké va deklaratsiyani imzoladi.
Kun tartibidan jinoyatchilarni birgalikda qidirish, kiberjinoyatchilik, terrorizm, ekstremizm, noqonuniy migratsiya, odam savdosi va noqonuniy qimor biznesiga qarshi kurash masalalari o‘rin oldi. Turkiya TÜRKPOLni TDT huzurida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan Jinoyatchilikka qarshi kurash kengashi negizida shakllantirishni taklif qildi.
Turkiya ichki ishlar vaziri Mustafo Chiftchi qo‘shma politsiya tuzilmasini yaratish xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurashda davlatlar hamkorligini kuchaytirishi mumkinligini bildirdi. Shuningdek, Jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan kengash tashkil etish haqidagi kelishuv loyihasi ko‘rib chiqildi.
Chegaralar orqali erkin harakatlanish masalasi ham kun tartibida bo‘ldi. TDT davlatlari aeroportlarda tashkilotga a’zo mamlakatlar fuqarolari uchun alohida pasport nazorati punktlarini tashkil etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu chegara tartib-taomillarini soddalashtirish va turkiy dunyo doirasida erkinroq harakatlanish makonini shakllantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Qozog‘iston va Turkiya noqonuniy qolayotgan shaxslarni qaytarish tartibini belgilovchi readmissiya to‘g‘risidagi bitimni imzoladi. Qirg‘iziston va Ozarbayjon esa jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida hamkorlik to‘g‘risida kelishuv tuzdi.
Mutaxassislar erkinroq harakatlanish turizm, ta’lim, biznes va mehnat mobilligini kengaytirishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Biroq buning uchun migratsiya va viza siyosatini muvofiqlashtirish talab etiladi. Ichki ishlar vazirlarining to‘rtinchi uchrashuvi 2027-yilda Turkiyada o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Powered by Froala Editor