Turkiy davlatlarining logistika markazlari va yuk tashuvchilari alyansi: kengaytirish rejalari

O'zbekiston

2024-yil 26-avgust kuni Istanbulda TDT Kotibiyati shtab-kvartirasida Turkiy davlatlarining logistika markazlari va yuk tashuvchilari alyansi turk transport va logistika kompaniyalari bilan uchrashuv o'tkazdi.

Turkiy davlatlarining logistika markazlari va yuk tashuvchilari alyansi: kengaytirish rejalari
TDT Bosh kotibi o'rinbosari Mirvohid Azimov va Alyans bosh kotibi Asqar Qodirov raisligida o'tkazilgan tadbirda Turkiyaning yirik transport va logistika kompaniyalari hamda assotsiatsiyalarining 30 ga yaqin asosiy vakillari ishtirok etdi.

TDT himoyasida tashkil etilgan logistika markazlari va yuk tashuvchilari alyansi Turkiy davlatlarning eng yirik logistika markazlari, tashuvchilar, terminallar va portlarni birlashtirishni maqsad qilgan. Alyansning asosiy vazifalari samarali hamkorlikni rivojlantirish, transport infratuzilmasini takomillashtirish, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari orqali investitsiyalarni jalb qilish va tez, muntazam hamda iqtisodiy samarali yuk tashishni ta'minlash uchun innovatsion yechimlarni joriy qilishni o'z ichiga oladi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar Alyansga qo'shilishga qiziqish bildirgan holda, hamkorlik yo'llarini muhokama qildilar, shuningdek, transport sohasida xususiy sektor duch kelayotgan muammolar va ularning echimlarini ko'rib chiqdilar. Xususan, ishtirokchilar Alyans platformasidan foydalanib, Turkiy davlatlar davlat organlari bilan strategik dialogni rivojlantirishga qaratilgan muhim masalalarga, jumladan, chegara o'tish joylaridagi tirbandliklarni kamaytirish va Kaspiy dengizida Ro-Ro va Ro-Pax paromlarini birgalikda ishga tushirishga kelishib oldilar.

Ishtirokchilar, shuningdek, Alyans faoliyatini qo'llab-quvvatlagan davlat rahbarlariga minnatdorchilik bildirdilar, bu TDTning yaqinda bo'lib o'tgan Shusha sammitida alohida ta'kidlandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing