Turkiya COP31 iqlim sammitiga mezbonlik qiladi
Dunyo
2026 yilda BMTning COP31 iqlim sammiti Turkiyada o‘tkaziladi, Avstraliya esa muzokaralar jarayoniga rahbarlik qiladi. Bu haqda Avstraliya bosh vaziri Entoni Albanese ma’lum qildi. Uning aytishicha, bu kelishuv ikki davlat o‘rtasidagi ikki yil davom etgan keskin bahsdan so‘ng topilgan murosali yechimdir.
Kelishuvga ko‘ra, Turkiya sammitga mezbonlik qiladi va konferensiyaga raislik qiladi, Avstraliya esa muzokaralar jarayonini boshqaradi — ishchi guruhlar rahbarlarini tayinlashdan tortib yakuniy hujjatlar loyihasini tayyorlashgacha. Pre-COP tadbiri Tinch okeani mintaqasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Albanesening ta’kidlashicha, bu qaror ikki tomon uchun ham katta diplomatik yutuqdir. Avstraliya iqlim vaziri Kris Bowen ham bu qaror Kanberraning manfaatlarini hisobga olganini qayd etdi.
Turkiya hozircha tafsilotlar yuzasidan izoh bermagan. Ammo mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, COP31 Antalyada o‘tkaziladi. Ankara sammitga global tus berishni, rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar o‘rtasida birdamlikni kuchaytirishni maqsad qilmoqda.
Avstraliya esa «Pacific COP» konsepsiyasini ilgari surib, Tinch okeani orollarining iqlim xavf-xatarlari oldidagi zaifligiga e’tibor qaratishni istagan. Kanberra so‘rovni qo‘llab-quvvatlash uchun 7 million avstraliya dollariga yaqin mablag‘ ajratgan.
Manbalarga ko‘ra, ayrim savollar hali ham ochiq — xususan, vakolatlarni bo‘lishish BMT qoidalariga qanchalik mos tushishi muhokama qilinmoqda. Shunga qaramay, tomonlar masalani tez orada yakunlashga intilmoqda, chunki tayyorgarlik uchun atigi bir yil vaqt bor.

Powered by Froala Editor