Turkiyada shov-shuvli hibslar: sobiq klub rahbarlari tergov ostida

Dunyo

Turkiyada narkotik moddalar bilan bog‘liq tergov doirasida mashhur futbol klublari sobiq rahbarlari qo‘lga olindi.

Turkiyada shov-shuvli hibslar: sobiq klub rahbarlari tergov ostida
Istanbulda narkotik moddalar noqonuniy aylanmasiga oid keng ko‘lamli tergov doirasida Beshiktosh sobiq prezidenti Fikret Orman hamda Galatasaray sobiq rahbari Burak Elmas qo‘lga olindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ular Istanbul politsiyasining narkojinoyatlarga qarshi bo‘limi tomonidan, shahar bosh prokuraturasi olib borayotgan tergov doirasida ushlangan va boshqaruvga olib ketilgan.

Qayd etilishicha, Burak Elmas belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.

Operativ tadbirlar keng ko‘lamda olib borilayotgani va tergov davom etayotgani aytilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing