Turkiyaga sayohat qilgan o‘zbekistonlik sayyohlar soni sezilarli oshdi

Dunyo

2024-yilning yanvar-avgust oylarida Turkiyaga turistik maqsadlarda safar qilgan o‘zbekistonlik fuqarolar soni 157,7 ming nafarga yetdi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 22,3% ga oshgani kuzatildi.

Turkiyaga sayohat qilgan o‘zbekistonlik sayyohlar soni sezilarli oshdi
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zbekistonliklarning asosiy maqsadi dam olish bo‘lgan, bu bo‘yicha 122 mingdan ortiq fuqaro safar qilgan. Shuningdek, qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida 29,9 ming nafar, davolanish uchun esa 2,4 ming nafar kishi Turkiyaga borgan.

O‘qish va xizmat safarlari ham o‘zbekistonliklar orasida talabga ega bo‘lgan, mos ravishda 1 640 nafar va 1 094 nafar fuqaro Turkiyaga safar qilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing