Turkmaniston-O‘zbekiston chegarasida savdo markazi quriladi

Iqtisodiyot

Savdo markazi Turkmanistonning Dosho‘g‘iz viloyati va O‘zbekistonning Xorazm viloyatiga (Shovot tumani) tutash hududda qurilishi rejalashtirilgan. U 2025-yil foydalanishga topshirilishi mumkin.

Turkmaniston-O‘zbekiston chegarasida savdo markazi quriladi
Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov Savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga o‘zbek-turkman chegarasi hududida savdo markazini loyihalash va qurish bo‘yicha shartnoma tuzishga ruxsat beruvchi farmonni imzoladi. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, shartnoma hududni obodonlashtirish va aloqa, elektr va suv ta’minoti uchun tashqi muhandislik tizimlarini yotqizishni o‘z ichiga oladi.

Mazkur obyekt Turkmanistonning qo‘shni davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida, shuningdek, Turkmaniston hukumati va O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasida 2021-yil 5-oktyabrda imzolangan Turkmaniston-O‘zbekiston chegarasidagi savdo zonasi – savdo markazini tashkil etish va tartibga solish to‘g‘risidagi bitimga muvofiq quriladi.

Xabarga koʻra, hujjatda qurilish ishlarini 2023-yil iyul oyida boshlash va savdo markazini 2025-yil iyul oyida foydalanishga to‘liq tayyor holda topshirish ko‘zda tutilgan.

Savdo markazi Turkmanistonning Dosho‘g‘iz viloyati va O‘zbekistonning Xorazm viloyatiga (Shovot tumani) tutash hududda qurilishi rejalashtirilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing