U-17 xarakteri bronza olib keldi

Sport

O‘zbekistonning 17 yoshgacha bo‘lgan futbol bo‘yicha terma jamoasi Minsk shahrida o‘tkazilgan “Rivojlanish kubogi” xalqaro turnirida bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

U-17 xarakteri bronza olib keldi
Uchinchi o‘rin uchun bahsda o‘zbekistonlik futbolchilar Qozog‘iston terma jamoasiga qarshi uchrashuvda 0:2 hisobida ortda borayotgan edi. Shunga qaramay, jamoa o‘yinni burib yuborib, 3:2 hisobida irodali g‘alabaga erishdi. Yosh futbolchilar bosim ostida o‘ynash mahoratini va kuchli ruhiyatini namoyish etdilar.

Turnir g‘olibi Belarus terma jamoasi bo‘ldi. Ular finalda Rossiya jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Minskdagi bronza medali O‘zbekiston yoshlar futboli uchun muhim bosqich bo‘lib, yangi avlod futbolchilarining salohiyatini yana bir bor tasdiqladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing