"Uchinchi jahon urushiga bir qadam yaqinlashish"

Dunyo

AQSh Kiyevdagi elchixonasini vaqtincha yopdi va havo hujumi bo‘lsa, Amerika fuqarolariga zudlik bilan boshpanaga o‘tishni tavsiya etdi.

"Uchinchi jahon urushiga bir qadam yaqinlashish"
Bu ogohlantirish maxsus razvedka ma’lumotlariga asoslangan bo‘lib, butun Ukraina bo‘ylab amal qiladi. 

Elchixona o‘z bayonotida:

AQSh elchixonasi katta havo hujumi xavfi haqida ma’lumot oldi va ehtiyot chorasi sifatida yopilmoqda. Elchixona xodimlariga joyida boshpanaga o‘tish ko‘rsatmasi berildi. Amerika fuqarolari havo hujumi haqida ogohlantirish e’lon qilinsa, boshpanaga tayyor bo‘lishi kerak", – deb ta’kidladi.

Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi yangi bosqich

Bu ogohlantirish AQShning Ukrainaga piyoda minalarni yetkazib berishga rozilik bergani va Ukrainaga uzoq masofali raketalarni ishlatishga ruxsat berilganidan so‘ng paydo bo‘ldi.

O‘tgan kuni Ukraina AQShdan olingan "Atacms" raketalari yordamida Rossiyaning janubi-g‘arbiy Bryansk viloyatidagi omborni nishonga oldi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Moskva ushbu harakatga "Munosib javob" berishini bildirdi.

Shu kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zining yadro doktrinasini qayta ko‘rib chiqib, yadro qurolini qo‘llash shartlarini yumshatdi.

Rossiya parlamenti vakillari bu harakatlarni "Uchinchi jahon urushiga bir qadam yaqinlashish" sifatida baholadi.Biroq, Pentagon Rossiyaning yadro qurolidan foydalanish niyatlari yo‘qligini aytib, Moskvaning gaplarini "Mas’uliyatsiz ritorika" deb atadi.

Ukrainaga yetkazib berilayotgan qurollar

AQSh tomonidan Ukrainaga piyoda minalarni yetkazib berish qarori sharqiy hududlarda Rossiya qo‘shinlarini to‘xtatib turish uchun mo‘ljallangan.

Bu minalar faqat Ukraina hududida qo‘llanilishi va tinch aholi yashovchi hududlarda ishlatilmasligi ta’kidlangan.

AQSh minalari Rossiyanikidan farqli o‘laroq, o‘z-o‘zidan inert holatga o‘tadi va batareya tugagach, portlamaydi.

Mojaroda yangi bosqichga o‘tish xavfi

Bayden ma’muriyatining urushning 1000-kunida Ukrainaga uzoq masofali raketalarni ishlatishga ruxsat berishi mojaroning keskinlashuviga olib kelmoqda.

Rossiya g‘arbni mojaroni ataylab kuchaytirayotganlikda ayblamoqda. Shu bilan birga, Rossiyaning gibrid urush usullari – chegaralarni chalkashtirish va jang maydonlarini kengaytirish orqali javob qaytarish ehtimoli kuchayganligi haqida "The Guardian" nashri xabar bermoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing