Ufa ordeni: Zoir Mirzayev hududlararo aloqalar uchun taqdirlandi

O'zbekiston

Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev Bashkortostonda “Xalqlar do‘stligi” ordeni bilan taqdirlandi. Mukofotni Rossiya hududi rahbari Radiy Xabirov hududlararo hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun topshirdi.

Ufa ordeni: Zoir Mirzayev hududlararo aloqalar uchun taqdirlandi
Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmatiga ko‘ra, mukofot iqtisodiy va gumanitar aloqalarni rivojlantirish yo‘lidagi faol ishlar e’tirofi sifatida berildi. Qayd etilishicha, Mirzayev hududlararo aloqalarni mustahkamlashga qo‘shgan “katta hissasi” uchun taqdirlangan.

“Xalqlar do‘stligi” ordeni hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro anglashuvni mustahkamlash va sheriklik munosabatlarini kengaytirishga qo‘shilgan xizmatlar uchun beriladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing