Ukraina Moskvaga dronlar orqali shiddatli hujum qildi
Dunyo
11-martga o‘tar kechasi Moskva dronlar hujumiga uchradi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimi Moskva viloyati osmonida 91 ta, boshqa hududlarda esa 246 ta dronni urib tushirgan. Zarba oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, bir necha kishi yaralandi, turar-joy binolariga zarar yetdi. Aeroportlar faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi, o‘nlab reyslar bekor qilindi.
Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya hududi ustida jami 337 ta Ukraina dronlari to‘xtatilgan, ularning aksariyati Moskva va Kursk viloyatini nishonga olgan. Shahar meri Sergey Sobyaninning aytishicha, havo hujumidan mudofaa kuchlari hujumni muvaffaqiyatli qaytargan, biroq urib tushirilgan dron parchalari jiddiy zarar yetkazgan.
Xavfsizlik maqsadida Moskvadagi oltita aeroportda reyslar to‘xtatildi. Moskva aeroportlari faoliyatining to‘xtatilishi O‘zbekistondan va O‘zbekistonga parvozlarning kechikishi va bekor qilinishiga olib keldi. Yo‘lovchilarga o‘z reyslarining holatini tekshirish va jadvaldagi o‘zgarishlarga tayyor bo‘lish tavsiya etiladi.
Bu hujum mojaro boshlanganidan beri Rossiya poytaxtiga uyushtirilgan eng yirik hujum bo‘ldi va Ukrainaning uchuvchisiz texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari ortib borayotganini ko‘rsatdi. Avvalroq, 2023-yil may oyida Moskva avval ham dronlar hujumiga uchragan, ammo o‘shanda miqyos ancha kichik edi.

Powered by Froala Editor