UNRWAni qo'llab-quvvatlashdan bosh tortish jamoaviy jazodir – Borrell
Dunyo
“UNRWA xodimlari va HAMAS oʻrtasidagi aloqalar haqidagi daʼvolarni tekshirish kerak, lekin BMT agentligini qoʻllab-quvvatlashni toʻxtatmaslik kerak”, deydi Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari.
BMTning UNRWA agentligi ochlik va kasallikdan aziyat chekayotgan millionlab falastinliklar uchun "muhim hayot chizig'i" bo'lib, tashkilotni moliyalashtirishni to'xtatish "jamoaviy jazoga teng" bo'ladi. Bu haqda 4-fevral kuni Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozef Borrel ma’lum qildi.
Borrelning so‘zlariga ko‘ra, UNRWAning bir qator xodimlariga HAMASga aloqadorlikda ayblovlar jiddiy va “aybdorlarning hech biri jazosiz qolmasligi kerak”. Biroq, yevropalik bosh diplomatning qayd etishicha, tashkilotning o‘zi darhol ayblovlarga javob qaytargan va ayblanuvchilar bilan shartnomalarni bekor qilgan.
Biroq, bir qator donor davlatlar tomonidan UNRWA uchun keyingi moliyalashtirish masalasi ochiqligicha qolmoqda. “Bu UNRWAning mavjudligiga tahdid soladi”, dedi Borrel va tashkilotni moliyalashtirishdan bosh tortish "nomutanosib va xavfli" bo'lishini qayd etdi.
Yevropa diplomatining ta'kidlashicha, u inqirozni hal qilishda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning pozitsiyasi yordam berishiga umid qilmoqda.

Powered by Froala Editor