Urganchda jahon darajasidagi yangi aeroport quriladi
O'zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-may kuni Xorazm viloyatiga tashrif buyurib, hudud rivoji bilan tanishdi, Urganch xalqaro aeroportini modernizatsiya qilish bo‘yicha katta rejalarni taqdimot qildi. Loyihaning asosiy hamkori aviatsiya xizmatlari sohasida jahon yetakchilaridan biri bo‘lgan Janubiy Koreyaning Incheon International Airport Corporation korporatsiyasi bo‘ladi.
Ikki bosqichli tender natijalariga ko‘ra, dunyoning eng yirik aeroportlaridan biri - Inchxonni boshqaruvchi Janubiy Koreya kompaniyasi g‘olib bo‘ldi. Endilikda Urganch havo bandargohi ham uning tasarrufida bo‘ladi. Qiymati 223 mln dollar bo‘lgan loyiha doirasida yangi uchish-qo‘nish yo‘lagi, yuk va yo‘lovchi terminallari quriladi, zamonaviy xavfsizlik tizimlari o‘rnatiladi va maxsus texnikalar xarid qilinadi. Ishlarni 2027-yilgacha yakunlash rejalashtirilgan.
Modernizatsiya natijasida aeroportning o‘tkazuvchanlik qobiliyati soatiga 400 dan 1300 yo‘lovchiga yetkaziladi. Bu Boeing 747 va Airbus A350 kabi yirik avialaynerlarni qabul qilishga yo‘l ochadi va mintaqada turizmni kuchaytiradi. Xorazmga sayyohlar oqimini 5 million nafarga yetkazish maqsad qilingan.
Xalqaro aviaqatnovlarni ko‘paytirish, mahalliy kadrlar tayyorlash, yangi terminal arxitekturasiga milliy koloritni singdirish masalalari ham muhokama qilindi.

Powered by Froala Editor