Urushning mintaqa bo‘ylab yoyilib ketish xavfi tobora real tus olmoqda — Mirziyoyev Falastin-Isroil urushi haqida

Siyosat

O‘zbekiston Falastin Birlashgan Millatlar Tashkiloti rezolyutsiyalariga muvofiq mustaqil davlat barpo etish huquqiga ega degan qat’iy pozitsiyada sobit. Bu haqda mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-noyabr kuni Toshkentda o‘tayotgan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammitidagi nutqida maʼlum qildi.

Urushning mintaqa bo‘ylab yoyilib ketish xavfi tobora real tus olmoqda — Mirziyoyev Falastin-Isroil urushi haqida
“Global tinchlik va xavfsizlikka jiddiy tahdid solayotgan Yaqin Sharqdagi Isroil-Falastin urushi barchamizda katta tashvish uyg‘otmoqda. Ming afsus, bu qonli nizo oqibatida avvalo tinch aholi vakillari, ayniqsa, ayollar, bolalar va keksalar ko‘proq qurbon bo‘lmoqda. Urushning mintaqa bo‘ylab yoyilib ketish xavfi tobora real tus olmoqda”, deydi Mirziyoyev.

Uning qayd etishicha, qarama-qarshilikning keng ko‘lamli nizoga aylanib ketishiga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

“Biz tomonlarni zudlik bilan harbiy harakatlarni to‘xtatishga, tinchlik muzokaralarini boshlash, oqilona murosaga kelishga chaqiramiz. Falastin xalqi Birlashgan Millatlar Tashkiloti rezolyutsiyalari bilan tasdiqlangan huquqqa, ya’ni, o‘zining mustaqil davlatini barpo etish huquqiga ega, degan qat’iy pozitsiyamizni yana bir bor bildiramiz”, deydi O‘zbekiston rahbari.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing