Uy-joylar qurilishi boʻyicha elektron platforma yaratiladi
O'zbekiston
Prezident Farmonga koʻra, qurilishga ulushdorlarning mablagʻlarini jalb qilish 2025-yil 1-iyuldan 2025-yil 31-dekabrgacha “eskrou” hisobvaraqlari orqali hamda hozirda amalda boʻlgan ulushli ishtirok etish tartibida toʻgʻridan-toʻgʻri jalb qilish mexanizmi boʻyicha parallel ravishda taraflarning tanloviga koʻra amalga oshiriladi.
Shuningdek, mablagʻlarini jalb qilish 2026-yil 1-yanvardan faqat “eskrou” hisobvaraqlari orqali amalga oshiriladi. “Shaffof qurilish” axborot tizimi doirasida uy-joylar qurilishi boʻyicha elektron platforma yaratilib, 2025-yil 1-iyuldan toʻliq ishga tushiriladi.
2025-yil 1-iyulgacha ulushli shartnoma boʻyicha talab qilish va garov huquqlarini boshqa shaxsga oʻtkazishni nazarda tutgan holda ulushli shartnomalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va soliq organlariga elektron koʻrinishda taqdim etib borish tizimi joriy etiladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzurida “Uy-joyning yagona hayotiy sikli” tamoyilini amalga oshirish boʻyicha loyiha ofisi tashkil etiladi.

Powered by Froala Editor