UzAuto Motors kompaniyasi Labo avtomobili uchun shartnoma tuzish ochilganini e'lon qildi
O'zbekiston
Bozorda ortib borayotgan talabga javoban kompaniya 2024-yilning ikkinchi yarmida avtomobil ishlab chiqarish hajmini qo‘shimcha ravishda oshirdi. Bu haqda UzAuto Motors matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar hamda 2024-yilga mo‘ljallangan oldingi shartnomalar vaqtida buyurtmachilar tomonidan to‘lovlarni o‘z vaqtida bajarmaganligi sababli shartnoma tuzish uchun qo‘shimcha avtomobillar hajmi chiqarilgan.
18 000 dona Labo avtomobillariga ONLAYN shartnoma tuzish 29-mart kuni soat 10:00 da ochiladi. Transport vositalarining narxi o'zgarishsiz qolmoqda.
Avtomobilni onlayn xarid qilib, shartnoma tuzish uchun mijozga quyidagilar kerak:
OneID tizimida ro'yxatdan o'tish;
savdo.uzavtosanoat.uz saytiga kirish;
OneID login va paroldan foydalanib saytda ro’yxatdan o’tish;
Avtomobil modeli, rangi va jihozlarini tanlaыр - tegishli dilerlik punktini tanlash - shartnoma tuzish.
Eslatib o'tamiz, Labo avtomobili 550 kg gacha bo'lgan kichik mini-yuk mashinasidir. Labo avtomobili shahar va qishloq joylarda qisqa masofalarga tashish uchun mo'ljallangan ochiq bort kuzovli Damas modelining modifikatsiyasi hisoblanadi.

Powered by Froala Editor