Uzbekistan Airways Londonga yangi reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda

Dunyo

Uzbekistan Airways 7-apreldan boshlab Toshkentdan Londonga haftasiga uchta aviaqatnovni amalga oshiradi. Endi yo‘lovchilar Londonning ikkita aeroporti – Heathrow va Gatwick aeroportlaridan birini tanlashlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar berdi.

Uzbekistan Airways Londonga yangi reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda
Heathrow aeroportiga aviaqatnovlar seshanba va juma kunlari amalga oshirilishi davom ettiriladi, Toshkentdan Gatwick aeroportiga parvozlar esa 7-apreldan yakshanba kunlari quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:

Toshkentdan jo‘nab ketish soat 10:55, Toshkent vaqti bilan;

Londonga yetib kelish soat 14:35, London vaqti bilan;

Londondan jo‘nab ketish soat 16:10, London vaqti bilan;

Toshkentga yetib kelish ertasi kuni soat 03:00, Toshkent vaqti bilan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing