Uzbekistan Airwaysning Nyu-Yorkka uchayotgan samolyotida chaqaloq tug‘ildi
O'zbekiston
Kecha 28-yanvar kuni, Uzbekistan Airways kompaniyasining Toshkentdan Nyu-Yorkka uchgan HY101 reysi bortida, og'il chaqaloq dunyoga keldi. Jarayonga yo‘lovchilar orasida bo‘lgan shifokor-akusher va jarroh tibbiy yordami ko‘rsatdi. Shu sababli ekipaj Islandiyaning Keflavik shahridagi zaxira aerodromiga majburiy qo‘ndi. Bu haqida aviakompaniya rasmiy telegram sahifasida xabar berdi.
Qayd etilishicha, parvoz davomida yo‘lovchilardan birida tug‘ruq boshlangan. Ekipaj brigadasi boshqaruvchisi vaziyatni baholab, ovozli e’lon orqali samolyotdagi shifokorlarni yordamga chaqirgan. Chaqiriqqa yo‘lovchilar orasidagi shifokor-akusher va jarroh javob bergan. Bir oz vaqt o‘tib, yo‘lovchi o‘g‘il farzandini dunyoga keltirgan.
Shu munosabat bilan ekipaj Islandiyaning Keflavik shahridagi zaxira aerodromiga majburiy qo‘nish qarorini qabul qilgan.
“Samolyot muvaffaqiyatli qo‘nganidan so‘ng, tibbiyot xodimlari bortga ko‘tarilib, zarur yordam ko‘rsatishdi. Ona va chaqaloq mahalliy klinikaga yetkazildi”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning aprelida ham Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkentdan Istanbulga uchgan samolyoti bortida o‘g‘il chaqaloq tug‘ilgan edi.

Powered by Froala Editor