Alisher Bahadirov UzGTL zavodiga direktor etib tayinlandi
O'zbekiston
“O‘zbekneftgaz” AJ gazni qayta ishlash va gazkimyo departamenti boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Alisher Bahadirov Shukuraliyevich “Uzbekistan GTL” direktori etib tayinlandi.
Alisher Bahadirov Shukuraliyevich “Uzbekistan GTL” MChJ direktori etib tayinlandi, deb xabar berdi “Oʻzbekneftgaz” AJ.
Alisher Bahadirov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar “O‘zbekneftgaz” AJ gazni qayta ishlash va gazkimyo departamenti boshlig‘i bo'lib ishlagan, mehnat faoliyatini esa Alisher Bahadirov 2000 yilda “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” unitar korxonasida polietilen sexida kuzatuvchi, smena muhandisi sifatida boshlagan.
O‘tgan yillar davomida u “O‘zbekneftgaz” AJda uglevodorodlarni chuqur qayta ishlashni rivojlantirish ustida ishlagan, deya xabar beradi tashkilot matbuot xizmati.
Shu bilan birga, UzGTLning avvalgi rahbari Faxriddin Abdurasulov yangi lavozimi haqida xabar berilmagan. U 2017 yilning fevral oyida UzGTL bosh direktori lavozimini egallagan. Bu lavozimga tayinlangunga qadar, 2008-2017-yillarda “Uz-Kor Gas Chemical” qo‘shma korxonasi boshqaruvi raisi o‘rinbosari bo‘lgan.

Powered by Froala Editor