Hasanboy Do‘smatov Bahodir Jalolovning o‘rnini egalladi

Sport

O‘zbekiston boks terma jamoasi yangi sardoriga ega bo‘ldi. Bahodir Jalolov havaskor boksdagi faoliyatini yakunlagach, ikki karra Olimpiya o‘yinlari va jahon chempioni Hasanboy Do‘smatov terma jamoaning yangi yetakchisi etib tayinlandi.

Hasanboy Do‘smatov Bahodir Jalolovning o‘rnini egalladi
Yig‘ilish davomida O‘zbekiston boks federatsiyasi mutasaddilari, murabbiylar va bokschilar Parij Olimpiadasi va bo‘lajak Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qilishdi. Har bir murabbiy o‘z hisobotini taqdim etdi va jamoa uchun yangi maqsadlar belgilandi.

Xususan, ayollar terma jamoasini kuchaytirish va ularga puxta tayyorgarlik ko‘rish uchun maxsus chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Kelajakdagi musobaqalarda muvaffaqiyatli natijalar ko‘zda tutilmoqda.

O‘zbekiston chempionatining tashkil etilishiga tayyorgarlik masalalari ham yig‘ilishda keng muhokama qilindi, bunda qit’a chempionatida yuqori marralarga erishish jamoaning ustuvor vazifasi sifatida belgilandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing