"Vagner" xususiy harbiy tashkiloti Rossiya gvardiyasiga bo'ysundirildi

Dunyo

Rossiyaning "Vagner" xususiy harbiy tashkiloti Rossiya gvardiyasiga bo'ysunadigan boʻldi. Bu haqda “Vagner” rasmiy bayonot berdi.

"Vagner" xususiy harbiy tashkiloti Rossiya gvardiyasiga bo'ysundirildi
Bildirilishicha, tashkilot a’zolari shartnomalarni yakka tartibda imzolagan.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Vagner"ning butun tuzilmasi, ish tartibi va komandirlari saqlanib qolgan.

Eslatib o‘tamiz, “Vagner” 24-iyun kuni Rossiyada qurolli qo‘zg‘olon qilishga uringan edi. Qo'zg'olon muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Shundan so'ng "Vagner" a'zolari Rossiyani tark etib, vaqtincha Belarusga joylashdi. Prezident Aleksandr Lukashenko "Vagner" jangchilari bu mamlakatda ekanligini tasdiqladi. “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojin vafotidan so‘ng “Vagner” Ukrainani tark etgani ma’lum qilingandi. Shu yilning sentabr oyida Britaniya razvedkasi “Vagner” Ukrainaga qaytgani haqida xabar berdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing