Vashington Kubada hokimiyatni o‘zgartirish yo‘lini izlamoqda
Dunyo
AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati 2026 yil oxirigacha Kubada hokimiyatni o‘zgartirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal AQSh hukumatidagi manbalarga tayanib xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, Vashington Venesueladagi so‘nggi operatsiyadan ruhlanib, Kuba hukumatining ichidan kelishuvga tayyor shaxslarni izlamoqda. AQShda hozircha Gavanadagi hokimiyatni ag‘darish bo‘yicha aniq reja yo‘q, biroq Venesuela prezidenti Nikolas Maduro bilan bog‘liq voqealar Kuba uchun “ogohlantirish” sifatida qaralayapti.
WSJ manbalarining aytishicha, AQSh rasmiylari Kuba iqtisodiyotini inqiroz yoqasida deb baholamoqda. Mayami va Vashingtonda kubalik muhojirlar va jamoat tashkilotlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda tizim ichidan vaziyatni tushunadigan va kelishuvga borishga tayyor shaxs topish masalasi muhokama qilingan.
Nashr ta’kidlashicha, Kuba Venesueladan keladigan neftga kuchli darajada bog‘liq. AQSh ushbu yetkazib berishlarni to‘xtatish orqali mahalliy hokimiyatni zaiflashtirishni va elektr energiyasi ishlab chiqarish resurslaridan mahrum qilishni maqsad qilgan. Iqtisodchilarga ko‘ra, neft yetkazib berish bir necha hafta ichida to‘xtashi va mamlakat iqtisodiyotining deyarli to‘liq falajlanishiga olib kelishi mumkin.
11 yanvar kuni Donald Tramp Gavana endi Venesueladan ko‘p yillar davomida ta’minlab kelgan moliyaviy yordam va energiya resurslarini olmaydi, deb bayon qildi. U Kuba hukumatini “kech bo‘lmasidan kelishuvga borishga” chaqirdi.

Powered by Froala Editor