Vashingtondagi samolyot halokatidan so‘ng 18 kishining jasadi suvdan chiqarildi
Dunyo
Vashingtondagi Potomak daryosida Bombardier CRJ700 yo‘lovchi samolyoti va Sikorsky H-60 harbiy vertolyoti to‘qnashganidan so‘ng olib borilgan qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davomida suvdan kamida 18 kishining jasadi chiqarildi. Hozircha tirik qolganlar topilgan. Bu haqida CBS News telekanali politsiya xodimiga tayanib xabar berdi.
CNN ma’lumotlariga ko‘ra, Potomak daryosi suvi harorati hozirda taxminan 1,6 daraja Selsiy bo‘lib, bunday sovuq suvda odam qo‘l-oyoqlarining harakatsizlanishi atigi uch daqiqada yuz berishi mumkin. Ushbu sharoitda daryoga tushib qolgan insonning omon qolish imkoniyati 30 daqiqadan 1,5 soatgacha bo‘lishi taxmin qilinmoqda.
Hodisa sababli aeroport faoliyati to‘xtatilgan. NBC’ning Federal qidiruv byurosidagi (FBI) manbasi agentlik ushbu aviakatastrofada terrorchilik harakati ehtimolini istisno qilganini ma’lum qildi.
Eslatib o'tamiz, Samolyot va vertolyot to‘qnashuvi 29-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 21:00 da (Toshkent vaqti bilan 30-yanvar 07:00 da) Vashington aeroporti yaqinida sodir bo‘lgan. Samolyot bortida jami 64 kishi (60 yo‘lovchi va 4 ekipaj a’zosi) bo‘lgan.

Powered by Froala Editor