Vazirlar uchrashuvi: O‘zbekiston va Qatar munosabatlari chuqurlashmoqda
Siyosat
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 10-mart kuni Qatar Bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdulrahmon bin Jasim Ol Soniy bilan uchrashdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.
"Qatar Bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdulrahmon bin Jasim Ol Soniy Janobi Oliylari bilan bugun Doha shahrida uchrashishdan mamnunmiz. O‘zbekiston va Qatar rahbarlari tomonidan erishilgan barcha kelishuvlarning o'z vaqtida hayotga tatbiq etilishini ko'rib chiqdik, kengayib borayotgan ikki tomonlama munosabatlarimiz kun tartibini muhokama qildik va iqtisodiy hamkorligimizni yanada boyitishga alohida e'tibor qaratdik”, — deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabr oyi boshida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Doha forumida ishtirok etib, Qatar bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdulrahmon bin Jasim Ol Soniy bilan muzokaralar o‘tkazdi. Unda savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va madaniy diplomatiyani mustahkamlash masalalari muhokama qilingan edi.

Powered by Froala Editor