Venesuela AQShni tahdidlar o‘rniga muloqotga chaqirdi
Dunyo
Venesuela muvaqqat prezidenti vazifasini bajaruvchi Delsi Rodriges AQShni hamkorlik va muloqotga chaqirdi. Bu bayonot Donald Trampning yangi zarbalar ehtimoli haqidagi keskin chiqishlari fonida yangradi.
Venesuela muvaqqat prezidenti vazifasini bajaruvchi Delsi Rodriges mamlakatining tinchlikka sodiqligini tasdiqlab, AQSh hukumatini xalqaro huquq doirasida hamkorlikka chaqirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Karakas Vashingtonga o‘zaro rivojlanishga qaratilgan, muvozanatli va hurmatga asoslangan munosabatlar dasturini taklif etmoqda. Rodriges AQSh, Venesuela va butun mintaqa xalqlari urush emas, balki tinchlik va muloqotga loyiq ekanini ta’kidladi.
«Venesuela tinchlik, taraqqiyot, suverenitet va kelajakka bo‘lgan huquqqa ega», — dedi u Donald Trampga murojaat qilib.
Bu bayonot AQSh prezidentining keskin ogohlantirishlari fonida yangradi. Avvalroq Tramp Venesuela AQSh bilan neft sanoatini ochish va narkotrafikka qarshi kurash masalalarida hamkorlik qilmasa, yangi zarba berilishi mumkinligini bildirgan edi.
The Atlantic nashriga bergan intervyusida Tramp, agar Rodriges «to‘g‘ri yo‘l tutmasa», u «juda katta narx to‘lashi» mumkinligini, hatto bu narx prezident Nikolas Madurodan ham og‘ir bo‘lishi ehtimolini aytdi.

Powered by Froala Editor