Vengriya Yevropa Ittifoqiga raislik qiladi

Dunyo

Vengriya 1-iyuldan keyingi olti oy davomida Yevropa Ittifoqi Kengashiga raislik qiladi.

Vengriya Yevropa Ittifoqiga raislik qiladi
Iyuldan dekabrgacha vengriyalik diplomatlar Bryusseldagi muhim uchrashuvlarga raislik qiladi va Yevropa Ittifoqining siyosiy kun tartibini belgilaydi.

Avvalroq Budapesht “Yevropani yana buyuk qilamiz” shiori ostida o‘z prezidentligi rejalarini e’lon qildi. Mazkur reja hozirda yana Oq uyga qaytishga urinayotgan AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning 2016-yildagi mashhur saylovoldi shioriga o‘xshaydi.

Vengriya ko'pincha Yevropa siyosatining turli masalalari bo'yicha Bryussel bilan rozi bo’lmaydi. Mamlakat Yevropa Ittifoqi ichida qonun ustuvorligi standartlariga toʻliq javob bermagani uchun ham tanqid qilindi, bu esa oʻtgan yili Vengriyani YeI Kengashiga raislik qilish huquqidan mahrum qilish borasida jiddiy muhokamalarga sabab boʻldi.

Yevropa Ittifoqi Kengashi raisligi har olti oyda 27 ta a'zo davlatning biridan ikkinchisiga o'tadi. Kengash raisi bo'lgan mamlakat uning joriy faoliyatiga rahbarlik qiladi va Yevropa Ittifoqining boshqa institutlari bilan muzokaralarda barcha a'zo davlatlarga vakillik qiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing