Vengriyaning sobiq tashqi ishlar vaziri Xitoyning BYD avtokonserni rahbariyatiga qo‘shildi
Dunyo
So‘nggi yillarda Vengriyaning eng taniqli siyosatchilaridan biri bo‘lgan Peter Siyyarto parlamentdagi faoliyatini yakunlab, Xitoyning BYD avtomobil konsernida xalqaro menejment lavozimiga o‘tishini e’lon qildi. Bu qaror Vengriya va elektromobillar bozoridagi jahon yetakchilaridan biri o‘rtasidagi hamkorlikning yangi bosqichini namoyon etmoqda.
Vengriyaning sobiq tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto deputatlik mandatini topshirib, BYD kompaniyasida faoliyat boshlashini ma’lum qildi. U bu haqda Facebook sahifasida yozib, dunyoning yetakchi kompaniyalaridan birida yuqori xalqaro lavozim taklif etilganini bildirdi.
Yangi lavozimida Siyyarto kompaniyaning xalqaro aloqalarini rivojlantirish va biznesning yangi yo‘nalishlarini ilgari surish uchun mas’ul bo‘ladi. BYD Hungary vakillari uning global lavozimni egallashini va Vengriyadagi filial rahbariyatiga kirmasligini ma’lum qildi.
Siyyarto BYD’ni so‘nggi yigirma yil ichidagi avtomobil sanoatining eng muvaffaqiyatli kompaniyalaridan biri hamda yangi energiya transport vositalari ishlab chiqarish bo‘yicha jahon yetakchisi sifatida baholadi.
48 yoshli Peter Siyyarto 2002-yildan buyon Vengriya parlamentida faoliyat yuritgan. 2014-yildan boshlab tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlagan hamda Viktor Orban hukumatida xalqaro siyosat va tashqi iqtisodiy hamkorlik masalalariga rahbarlik qilgan.

Powered by Froala Editor