Vladimir Putin Ilhom Aliyevni prezidentlik saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi

Siyosat

Ozarbayjon prezidenti Janob Putinning e'tibori va tabriklari uchun minnatdorchilik bildirdi. Kreml hozircha qo’shimcha ma’lumotlar taqdim etmayapti.

Vladimir Putin Ilhom Aliyevni prezidentlik saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi
Telefon orqali suhbat chog'ida ikki davlat rahbarlari Rossiya va Ozarbayjon o'rtasidagi turli sohalarda ittifoqchilik va strategik munosabatlarni yanada rivojlantirishga ishonch bildirdilar. Shuningdek, hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.

Eslatib o‘tamiz, Ozarbayjonda 7-fevral kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida Ilhom Aliyev g‘alaba qozondi. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, ovozlarning 93% dan ortigʻi sanab boʻlingandan soʻng Aliyev 76,73% ovoz bilan 92% saylovchilar tomonidan qoʻllab-quvvatlangan.

Ilhom Aliyev mamlakatni 2003-yildan buyon boshqarib kelmoqda, 1993–2003 yillarda uning otasi Haydar Aliyev prezident bo‘lgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing