Vuchich «katta urush» yaqinlashayotganidan ogohlantirdi

Dunyo

Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich dunyo keng ko‘lamli harbiy mojaro yoqasida turganini, davlatlar esa uning oldini olish uchun hozircha yetarli choralar ko‘rmayotganini bildirdi. Bu haqda u Axel Springer media konserni boshqaruvi raisi Matias Dyopfner podkastida ma’lum qildi.

Vuchich «katta urush» yaqinlashayotganidan ogohlantirdi
«Menimcha, biz katta urush yoqasida turibmiz. Shu sababli kimdir buning oldini olish uchun allaqachon choralar ko‘radi, deb umid qilgandim. Ammo bu amalga oshmadi va yaqin orada ham amalga oshmaydi», — dedi Vuchich.

Uning fikricha, kelgusi yillarda yangi global siyosiy tartib shakllanishi jarayonida tobora vayronkor vositalardan foydalaniladi. Keyingi besh yil davomida yetakchi davlatlar ko‘proq mustaqillikka va tashqi kuchlarga qaramlikni kamaytirishga intiladi.

Vuchich shakllanayotgan yangi dunyo tartibining asosiy kuch markazlari sifatida AQSh va Xitoyni ko‘rsatdi. Uning prognoziga ko‘ra, ulardan keyin Yevropa Ittifoqi, so‘ng esa Rossiya, Hindiston va boshqa yirik mintaqaviy davlatlar guruhi keladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing