WP Afg‘onistondagi maxfiy CIA operatsiyasi muvaffaqiyatsiz tugaganini oshkor qildi

Dunyo

The Washington Post Afg‘onistonda deyarli yigirma yil davomida CIA tomonidan o‘tkazilgan maxfiy operatsiya tafsilotlarini ochiqladi. Ushbu dastur makning genetik tarkibini o‘zgartirish va “Tolibon”ning moliyaviy manbalarini qisqartirishni maqsad qilgan edi. Ammo loyiha butunlay muvaffaqiyatsiz yakunlangan.

WP Afg‘onistondagi maxfiy CIA operatsiyasi muvaffaqiyatsiz tugaganini oshkor qildi
The Washington Post gazetasining yozishicha, CIA 2004–2015 yillarda Afg‘onistonda maxfiy operatsiya olib borgan. Dastur AQSh prezidenti Jorj Bush kichik administratsiyasi davrida maxfiy ko‘rsatma bilan tasdiqlangan va mamlakatdagi opiat ishlab chiqarishini kamaytirishga qaratilgan.

CIA tungi parvozlar vaqtida milliardlab maxsus tanlangan mak urug‘larini Afg‘oniston dalalari ustidan samolyotlardan tashlagan. Ushbu urug‘lardan o‘sadigan o‘simliklar tarkibida geroin ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan alkaloidlar juda past bo‘lgan. Rejaga ko‘ra, bu navlar vaqt o‘tishi bilan mahalliy makni siqib chiqarishi kerak edi.

Biroq bu maqsadga erishilmadi. 2018 yilda SIGAR (Afg‘onistonni tiklash bo‘yicha AQSh maxsus bosh inspektori) hisobotida AQSh va hamkorlari amalga oshirgan dasturlardan hech biri mak yetishtirish yoki opium ishlab chiqarishni barqaror kamaytira olmaganini ta’kidladi. Hisobot maxfiy missiyadan bexabar holda tayyorlangan bo‘lsa-da, natija unga to‘la mos tushadi.

UNODC ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yillarning boshiga kelib Afg‘oniston iqtisodiyotining 9–14 foizi — 1,8 milliarddan 2,7 milliard dollargacha — mak xo‘jaligiga to‘g‘ri kelgan.

Ochiqlangan ma’lumotlar ko‘rsatadiki, AQShning yillar davom etgan urinishlariga qaramay, Afg‘onistondagi narkotrafik bilan bog‘liq vaziyat sezilarli darajada o‘zgarmagan, CIAning maxfiy operatsiyasi esa kutilgan natijani bermagan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing