Xaj va Umra ziyoratchilari meningitga qarshi emlanishlari shart
Dunyo
Saudiya Arabistoni Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2025-yilda mamlakatga tashrif buyuruvchilar, jumladan “Umra” ziyoratchilari uchun meningitga qarshi emlanish majburiy etib belgilangani ma’lum qilindi. Bu haqida Din ishlari bo'yicha qo'mita axborot xizmati xabar bermoqda.
Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda dunyoda meningokokk bilan kasallanish holatlari ko‘payishi kuzatilmoqda. Soha mutaxassislari bildirishicha, ushbu infeksiya havo orqali yuqadigan kasallik bo‘lib, unga chalingan shaxs aksirsa yoki yo‘talsa infeksiya butun atrofga tarqaydi. Meningit istalgan yoshda uchrashi mumkin.
Shu bois, ziyoratchilar odamlar gavjum joylarda himoya niqoblaridan foydalanishlari, shaxsiy gigienaga rioya qilishlari va kasallikdan saqlanish ehtiyot choralarini ko‘rishlari tavsiya etiladi.
Saudiya Sog‘liqni saqlash vazirligi joriy etgan tartib-qoidaga ko‘ra, emlanish podshohlikka kirishdan kamida 10 kun oldin amalga oshirilgan bo‘lishi lozim. Emlanganlik sertifikatining amal qilish muddati 3 yilni tashkil etadi.
Xaj va Umra safarini niyat qilgan fuqarolar O'zbekiston hududidagi barcha markaziy poliklinikalari yoki vaksinasiya markazlarida meningitga qarshi emlanishlari mumkin.

Powered by Froala Editor