Shaxsni tergov hibsxonasiga joylashtirishdan avval tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish majburiy bo‘ladi
O'zbekiston
Qonunchilik palatasi jinoyat ishi yuritish jarayonida qiynoqqa solishning oldini olishga qaratilgan qonun loyihasini ma'qulladi. Ushbu qonun loyihasiga ko‘ra, shaxsni tergov hibsxonasiga joylashtirishdan oldin majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi joriy etiladi.
21-yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida mazkur qonun loyihasi ikkinchi va uchinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi va qabul qilindi. Endi ushbu qonun Senat tasdig‘idan o‘tishi lozim.
Loyihada “Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimchalar kiritilishi ko‘zda tutilgan. Unga muvofiq, shaxs tergov hibsxonasiga kelganidan boshlab 2 soat ichida uning tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi shart.
Tibbiy ko‘rik davomida quyidagi jihatlar kuzatiladi:
Shaxs tanasida jarohat yoki shikastlanishlar aniqlansa, bu haqda darhol prokurorga xabar beriladi.
Tibbiy ko‘rik tergov hibsxonasining o‘zida amalga oshiriladi.
Qonun loyihasining asosiy maqsadi – shaxsning qiynoqqa solinish ehtimolini yo‘q qilish, inson huquqlarini himoya qilish hamda tergov jarayonida shaffoflikni ta’minlash.
Ushbu chora inson huquqlarini xalqaro standartlarga mos ravishda ta'minlashga yo‘naltirilgan muhim qadam sifatida baholanmoqda.

Powered by Froala Editor