Xalqaro futbol transferlari bo'yicha harajatlar rekord o'rnatdi

Sport

FIFAning Global transfer hisobotiga ko'ra, 2023-yilda xalqaro transferlarga 9,63 milliard dollar sarflangan, bu 2022-yilga nisbatan 48,1 foizga ko'pdir.

Xalqaro futbol transferlari bo'yicha harajatlar rekord o'rnatdi
FIFAning Global transfer hisobotiga ko'ra, xalqaro transfer xarajatlari 2023-yilda rekord o'rnatdi.

2023-yilda xalqaro transferlarga 9,63 milliard dollar sarflandi va bu 2022-yildagi 6,5 milliard dollardan 48,1 foizga ko‘pdir.

2023-yilda 74 836 ta xalqaro transfer amalga oshirildi, bu tarixdagi rekord hisoblanadi.

2023-yilda eng yaxshi 10 nafar futbolchining transferlari umumiy summaning 10 foizdan ko‘prog‘ini tashkil qilgan bo‘lsa, 3279 ta transferda birinchi 100 nafar futbolchining transferi barcha transferlar uchun sarflangan mablag‘ning 45 foizdan ortig‘ini tashkil etdi.

Eng ko'p pul to'langan transferlar orasida
Dortmundning “Borussiya”sidan “Real”ga o‘tgan Jude Bellingem, “Benfika”dan “Chelsi”ga o‘tgan Enzo Fernandes va “Tottenxem”dan “Bavariya”ga oʻtgan Harri Keyn boʻlib, ularninf transfer narxi oshkor etilmagan.

O'tgan yili 2,956 milliard dollar bilan xalqaro futbol transferlariga eng ko'p pul sarflagan davlat Angliya boʻlgan bo'lsa, Germaniya 1,2 milliard dollar bilan transferlardan eng ko'p daromad olgan mamlakat bo'ldi. Saudiya Arabistoni klublari 2023-yilda jami 970 million dollar sarflagan holda birinchi marta xalqaro transferlar uchun eng yaxshi beshlikdan uchinchi o‘rinni egalladi, bu 2022-yildagi 50,4 million dollarga nisbatan deyarli 20 baravar ko‘p.

Braziliya eng ko'p o'yinchi sotgan boʻlsa, Portugaliya esa eng ko'p sotib olgan

O'tgan yili eng ko'p futbolchi sotgan mamlakat 1217 transfer bilan Braziliya bo'lgan boʻlsa, 2023-yilda xorijdan eng ko'p futbolchi qabul qilgan mamlakat 1017 transfer bilan Portugaliya bo'ldi. O'tgan yili bir mamlakatdan boshqasiga eng ko'p transferlar Braziliyadan Portugaliyaga 414 ta transfer bo'lgan.

2023-yilda xalqaro transferlarga eng ko‘p mablag‘ sarflagan 10 ta davlat quyidagicha:

1 Angliya - 2,956 milliard dollar
2 Fransiya - 991 million dollar
3 Saudiya Arabistoni - 970 million dollar
4 Germaniya 850 - million dollar
5 Italiya - 757 million dollar
6 Ispaniya - 469 million dollar
7 Niderlandiya - 318 million dollar
8 Portugaliya - 269 million dollar
9 Turkiya - 260 million dollar
10 Belgiya - 241 million dollar

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing