O'zbekistonlik bokschilar Bolgariyadagi xalqaro turnirda birinchi o'rinni oldi

Sport

Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo‘yicha nufuzli “Stranja” xalqaro turnirida O‘zbekiston terma jamoasi 6 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

O'zbekistonlik bokschilar Bolgariyadagi xalqaro turnirda birinchi o'rinni oldi
Musobaqada Sabina Bobokulova, Xo‘janazar Nortojiyev, Abdumalik Xalakov, Iqboljon Xoldorov, Javohir Ummataliyev va Jahongir Zokirov o‘z vazn toifalarida oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Finalga qadar muvaffaqiyatli ishtirok etgan Shahzod Muzaffarov hamda Adhamjon Muhiddinov shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy olgan bo‘lsa, Xumorabonu Mamajonova, Hasanboy Do‘smatov, Asilbek Jalilov, Dilshod Abdumurodov, Fazliddin Erkinboyev va Samandar Jalolov bronza medali bilan taqdirlandi.

Umuman olganda, O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi xalqaro turnirda umumjamoa hisobida birinchi o‘rindan joy oldi. Shuningdek, umumjamoa hisobida Hindiston ikkinchi, Bolgariya termasi esa uchinchi bo‘ldi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing