XAMAS isroillik mahbuslarni kelishilgan muddatda ozod qildi
Dunyo
Bugun ertalab 15-fevral shanba kuni, G‘azo sektorida garovga olingan uch nafar isroillik fuqarolar, Isroil mudofaa kuchlariga topshirildi. Isroil mudofaa kuchlari ma’lumotiga ko‘ra, garovga olinganlar Qizil Xoch qo‘mitasi orqali G‘azodagi harbiy qismga yetkazilgan. Bu haqida The Guardian xabar bermoqda.
XAMAS tashkiloti garovga olinganlarni ozod qilish Isroil o‘z zimmasidagi kelishuv shartlarini bajarganidan keyin amalga oshirilganini ta’kidladi. Ularning aytishicha, kelishuvlar xalqaro vositachilar tomonidan kafolatlangan.
Bugungi isroillik mahbuslarni topshirish jarayoni tartibli va silliq kechdi. Oldingi almashinuvlar paytida garovdagilar o'z manzili tomon yo‘l olayotganida katta olomon va tartibsizliklar kuzatilgan edi. Isroillik ozod qilinganlar quyidagilar:
Iair Xorn (46 yosh) – Nir Oz qishlog‘ida yashagan, 2023-yil 7-oktabrda jangchilar tomonidan olib ketilgan. U va uning oilasi Argentinadan Isroilga hijrat qilgan.
Aleksandr (Sasha) Troufanov (29 yosh) – Rossiya-Isroil fuqarosi, Nir Ozda sevgilisi bilan birga yashagan, otasi 7-oktabr hujumlarida halok bo‘lgan.
Sagui Dekel-Chen (36 yosh) – AQSh-Isroil fuqarosi, uch farzandning otasi, bolalaridan biri uning asirlikda bo‘lgan paytida tug‘ilgan.
Shanba kuni XAMAS o'z va'dasining ustidan chiqdi, endi kelishuv doirasida Isroil hukumati G‘azo sektoridagi 369 nafar falastinlik mahbusni ozod qilishni rejalashtirmoqda.

Powered by Froala Editor