“Xiaomi” o'zining birinchi elektromobili “Su7”ni taqdim etdi

Texnologiya

“Su7” sotuvi joriy yilning birinchi yarmida rejalashtirilgan.

“Xiaomi” o'zining birinchi elektromobili “Su7”ni taqdim etdi
“Xiaomi” kompaniyasi rahbari Ley Szyun ilk elektromobil “Su7”ni taqdim etgan video ommaga taqdim etildi. Unda yangi elektromobilning ochilganda har bir haydovchi uchun avtomatik sozlanishi, jumladan, oynalar holati, rul, o‘rindiq, zamonaviy iqlim tizimi, yaxshilangan ekran grafikasi kabi xususiyatlar namoyish etilgan. Shuningdek, haydovchi eshigining ishlashi va bagaj qopqog'iga o'rnatilgan spoylerning ko'tarilishi ko'rsatilgan.

“Xiaomi”ning “Su7 Max” modeli 100 km/soat tezlikka atigi 2,78 soniyada erishadi va quvvat zaxirasi 800 kilometrni tashkil etadi. Elektromobilning narxi aniqlanmagan, biroq kompaniya rahbari uning arzon bo‘lmasligiga shama qilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing