Xitoy 2035-yilda AQShni ortda qoldirib, dunyoning eng yirik iqtisodiyotiga aylanishi mumkin
Iqtisodiyot
Xitoy Xalq Universiteti qoshidagi Chongyang moliyaviy tadqiqotlar instituti hisobotiga ko‘ra, agar Xitoy keyingi bir necha yil davomida yalpi ichki mahsuloti o‘sishini yiliga 5% atrofida ushlab tursa yoki hech bo‘lmaganda 2035-yilgacha 4% dan yuqori o‘sish sur’atlarini saqlab tursa, bu sodir bo‘lishi mumkin.
Xitoy iqtisodiyoti 2035-yilga borib dunyoning eng yirik iqtisodiyotiga aylanishi va AQShni birinchi o'rindan siqib chiqarishi mumkin. Bu haqda Xitoy Xalq universiteti qoshidagi Chongyang moliyaviy tadqiqotlar instituti taqdim etgan Xitoy iqtisodiyotining rivojlanish istiqbollari haqidagi hisobotida aytiladi.
"Agar Xitoy keyingi bir necha yil ichida yalpi ichki mahsuloti o'sishini yiliga 5% atrofida ushlab tursa yoki hech bo'lmaganda 2035-yilgacha 4% dan yuqori o'sish sur'atlarini saqlab qolsa, Xitoy 2035-yilga kelib Qo'shma Shtatlarni ortda qoldirib, dunyodagi eng yirik iqtisodiyotga aylanishi kutilmoqda", — deyiladi hisobotda.
Hisobotni birgalikda tayyorlagan Hindiston, Kanada, Xitoy, Rossiya va AQSh tadqiqotchilari Xitoyning iqtisodiy o'sish sur'ati AQSh iqtisodiy o'sish sur'atlaridan yuqori ekanligini ta'kidladilar. Yuan kuchayishda davom etmoqda va tadqiqotda ko'rsatilganidek, uning xalqarolashuv darajasi ortib bormoqda.
"Rivojlanayotgan mamlakatlar kelajakda global iqtisodiy o'sishning asosiy dvigateliga aylanadi va ularning tez o'sishi kelgusi o'n yil ichida global yalpi ichki mahsulotini ikki baravar oshirishi mumkin", — deydi tadqiqot mualliflari.
2023-yil oxiriga kelib, Xitoy yalpi ichki mahsuloti 5,2% ga o‘sib, 126 trillion yuandan ($17,7 trillion atrofida) oshdi. AQSh yalpi ichki mahsuloti 2023-yilda 2,5% ga o'sib, $26,39 trillion tashkil etdi.

Powered by Froala Editor